Vladimir Norov: Eron tomoni bilan ShHTga aʼzo bo‘lish majburiyatlari to‘g‘risidagi Memorandum loyihasi kelishib olindi
«Memorandumning kelishilgani Eron tomonining aʼzolikka qabul qilinganidan so‘ng SHHTning maqsad va tamoyillariga rioya etishga, aʼzo davlatlar bilan do‘stlik va o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga hissa qo‘shishga, ShHTning xalqaro va mintaqaviy ishlar bo‘yicha nufuzini oshirishga, shuningdek, «Shanxay ruhi»ni yana-da mustahkamlashga tayyor ekanligidan dalolat beradi», dedi O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov OAV vakillari uchun o‘tkazilgan matbuot anjumanida.
- Memorandum Samarqand sammiti doirasida imzolanishi rejalashtirilgan bo‘lib, u Eronga SHHTga aʼzo davlat maqomini taqdim etish masalasini hal qilish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi, - dedi Vladimir Norov. - Yaʼni, Eron tomoni 2023 yilgi sammitda, agar u barcha majburiyatlarini bajarsa, tashkilotga to‘liq aʼzo sifatida qo‘shilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Shuni alohida taʼkidlashni istardimki, Eronning SHHTga qabul qilinishi to‘g‘risidagi bitim tashkilotning ochiqlik tamoyilini va unga aʼzo davlatlarning amalda unga amal qilish bo‘yicha qatʼiy intilishlarini tasdiqlaydi.
Eronning tashkilotga qo‘shilishi SHHTning «geografik javobgarlik» hududini kengaytiradi va o‘zaro bog‘liqlik sohasidagi mintaqalararo tashabbuslarni rivojlantirishning yangi istiqbollarini ochadi.