Vladimir Norov: O‘zbekiston ShHTga raisligining eng faol bosqichida
O‘zbekistonning ShHTga raisligi davrida bugungi kunga qadar 40 dan ziyod tadbirlar o‘tkazildi, faqat may oyining o‘zida vazirlar darajasida 9 ta uchrashuv bo‘lib o‘tadi, dedi tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov SHHT Bosh kotibi Chjan Min ishtirokida bugun o‘tkazilgan matbuot anjumani chog‘ida, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
-Amalda har bir ekspert yig‘ilishlari va vazirlar yig‘ilishlarining ishi Samarqand sammitining asosli mazmuniga qaratilgan, - deb taʼkidladi tashqi ishlar vaziri. - Ularda davlat rahbarlari tomonidan ko‘rib chiqish uchun taqdim etiladigan hujjatlar muhokama qilindi. Sammitning asosiy hujjati - aʼzo davlatlar rahbarlarining Samarqand deklaratsiyasi loyihasi ishlab chiqildi.
Deklaratsiyada Markaziy Osiyo ShHTning o‘zagi ekani alohida taʼkidlangani holda Markaziy Osiyo davlatlarining mintaqada tinchlik-farovonlik, barqaror taraqqiyot, o‘zaro ishonch va do‘stlik makonini shakllantirishga qaratilgan saʼy-harakatlari qo‘llab-quvvatlanadi, dedi V.Norov.
Bugungi kunga qadar sammitda muhokama qilinadigan hujjatlarning deyarli yarmi ekspertlar darajasida kelishilib, tegishli vazirliklar majlislarida tasdiqlangan.