ShHTga aʼzo davlatlar milliy koordinatorlari bo‘lajak sammitning asosiy yakuniy hujjati - Samarqand Deklaratsiyasi loyihasini muhokama qildilar
Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar Milliy koordinatorlari kengashining navbatdan tashqari yig‘ilishi bugun O‘zbekiston tomoni raisligida videokonferensiya shaklida bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Tadbir davomida ShHTga aʼzo Davlatlar rahbarlari kengashining Samarqand deklaratsiyasi loyihasi ko‘rib chiqildi. Ushbu hujjat tashkilotning joriy yil 16 sentyabr kuni Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan sammiti yakunlari bo‘yicha qabul qilinishi rejalashtirilgan.
Tomonlar, shuningdek, O‘zbekiston raisligi davrida tashkilot tadbirlarini tayyorlash va o‘tkazish yuzasidan ham o‘zaro fikr almashildilar.