O‘zbekistonning ShHTdagi raisligining ustuvor yo‘nalishlari
ShHTning mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash, barqaror va inklyuziv rivojlanishga ko‘maklashish, shuningdek, xalqaro maydondagi nufuzini oshirish sohasida salohiyatini yanada mustahkamlash
Doʻstlik va yaxshi qoʻshnichilik, oʻzaro ishonch va har tomonlama hamkorlik muhitini mustahkamlash ShHTning ichki birligini taʼminlashning muhim omili sifatida koʻp tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga doir dolzarb vazifalarni hal etishda aʼzo davlatlarning saʼy-harakatlarini birlashtirish
ShHTning jahon miqyosidagi nufuzini oshirish, xususan, ShHT kuzatuvchilari va muloqot bo‘yicha hamkorlari bilan amaliy hamkorlikni kuchaytirish, muloqot bo‘yicha sheriklar, kuzatuvchi davlatlar va a’zo davlatlar maqomini olish uchun alohida davlatlarning arizalarini ko‘rib chiqishni yo‘lga qo‘yish
ShHT MATTni Tashkilot makonida xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha prinsipial jihatdan yangi vazifalarni hal qilishga bosqichma-bosqich moslashtirish, kibermakondagi jinoyatlarga qarshi kurashish sohasidagi hamkorlikni institutsionallashtirish, axborot -mafkuraviy sohadagi tahdidlarga, shu jumladan, siyosiy tadbirlar davri mobaynida hamkorlikni yanada mustahkamlash
ShHTga aʼzo davlatlarning davlatlararo munosabatlarning dolzarb masalalari boʻyicha qarorlar ishlab chiqishda parlamentlararo hamkorligini mustahkamlash
Savdo va investitsiyaviy hamkorlikning oʻsishini ragʻbatlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni kengaytirish, qoʻshma infratuzilma loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ShHT faoliyatining iqtisodiy jihatlarini mustahkamlash
Mintaqaning ulkan transport-tranzit salohiyatidan samarali foydalanish maqsadida ShHT makonida transport bog‘liqligini rivojlantirish
Turizm va yoshlar almashinuvi, xalq diplomatiyasi, fuqarolik jamiyati institutlari va gender kun tartibi sohasidagi aloqalarni faollashtirish orqali ShHTning madaniy-gumanitar yoʻnalishini mustahkamlash
ShHT doirasidagi oʻzaro hamkorlik mexanizmlari samaradorligini izchil oshirish, shu jumladan ShHT doirasida hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini boshlash
Xavfli yuqumli kasalliklar va epidemiyalarning oldini olish va ularga qarshi kurashish, innovatsiyalar, yuqori texnologiyalar, “yashil” va “raqamli” iqtisodiyotni rivojlantirish kabi ustuvor yo‘nalishlarda hamkorlik dasturlarini ishlab chiqish orqali ShHTni ko‘p tarmoqli tashkilot sifatida yanada takomillashtirish
Terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi kurashish to‘g‘risida Shanxay konvensiyasi
2002
ShHT Xartiyasi
Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar o‘rtasida Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi haqidagi Bitim
2003
Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar o‘rtasida Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi haqidagi Bitim
2004
ShHTni tashkil etish to‘g‘risidagi Deklaratsiya
ShHTga aʼzo davlatlar oʻrtasida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va ularning prekursorlarining noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish boʻyicha hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim