O‘zbekiston TIV rahbarining o‘rinbosari va Eron elchisi ShHTning Samarqand sammitiga tayyorgarlik masalalarini muhokama qildi
O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Furqat Sidiqov kecha Eron elchisi Hamid Nayirobodiy bilan uchrashdi.
TIV maʼlumotiga ko‘ra, ikki tomonlama hamkorlikni yana-da rivojlantirish yuzasidan fikr almashildi. 2022 yil sentyabr oyida Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan ShHTning navbatdagi sammitida Eron delegatsiyasining oliy darajadagi ishtiroki bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi.
Tomonlar ikki tomonlama kun tartibidagi dolzarb masalalarni hal etish uchun amaliy aloqalarni davom ettirishga tayyor ekanini bildirdi.