Vladimir Norov: Biz Samarqand sammitini yuzma-yuz uchrashuv shaklida o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rayapmiz
Bugun Toshkentda Shanxay hamkorlik tashkilotiga (ShHT) aʼzo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari Kengashi o‘z ishini boshladi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Unda ShHTga aʼzo davlatlar tashqi ishlar vazirliklari rahbarlari va tashkilotning doimiy faoliyat yurituvchi organlari rahbarlari ishtirok etmoqda.
Tadbirni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov ochib berdi. U o‘z hamkasblariga 15-16 sentyabr kunlari Samarqandda bo‘lib o‘tadigan ShHT Davlat rahbarlari kengashining asosiy yig‘ilishiga tayyorgarlik haqida maʼlumot berdi.
- Aʼzo davlatlar rahbarlari, kuzatuvchilar - Belarus, Eron, Mo‘g‘uliston, shuningdek, Turkmaniston Prezidentlari yig‘ilishda mehmon sifatida ishtirok etishlarini tasdiqladilar.
Shuningdek, BMT Bosh kotibining siyosiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari va ASEAN, ESKATO, OHICHK, MDH, KXSHT, YEOII hamda IHT ijroiya organlari rahbarlarining tasdiqlari qabul qilindi.
Sammitni mintaqaviy va global kun tartibining dolzarb masalalari, ayniqsa, dolzarb xalqaro tendensiyalarni hisobga olgan holda rahbarlarimiz o‘rtasida o‘zaro fikr almashishni tashkil etishga imkon beradigan yuzma-yuz uchrashuv shaklda o‘tkazishga qatʼiy qaror qildik.