ShHT sammiti 2022-yil 15-16-sentabr

Tashqi ishlar vazirligi ShHT TIVK yig‘ilishini yoritish uchun ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiyadan o‘tkazish boshlanganini eʼlon qildi

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi bugundan eʼtiboran Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashining yig‘ilishini yoritish uchun ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiyadan o‘tkazishni boshladi, deb xabar bermoqda  “Dunyo” AA muxbiri.

TIV maʼlumotiga ko‘ra, ShHT TIVK yig‘ilishi joriy yil 28-29 iyul kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.

 Mazkur tadbirning yoritishni istagan OAV vakillari O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligiga quyidagi hujjatlarni taqdim etishi zarur:

 1) OAV rahbariyati tomonidan o‘z muxbirini akkreditatsiya qilish yuzasidan O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri nomiga xat;

 2) OAV haqida maʼlumot;

 3) akkreditatsiya qilinadigan shaxsning tarjimai holi va pasporti nusxasi;

 4) akkreditatsiya qilinadigan shaxsning 700x700 dpi formatidagi fotosurati (yuqori aniqlikda, to‘g‘riga qaragan holda, oq fonda);

 5) to‘ldirilgan anketa.

 OAV vakillaridan arizalar 2022 yil 1 iyul soat 18:00ga (Toshkent vaqti bilan) qadar O‘zbekistonning chet eldagi diplomatik yoki konsullik muassasalari orqali yoki bevosita O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligiga sco-pess@mfa.uz maxsus elektron pochtasi orqali qabul qilinadi.

 Belgilangan muddatdan keyin yuborilgan murojaatlar, shuningdek, zarur maʼlumotlar ilova qilinmagan yoki to‘ldirilgan anketasiz jo‘natilgan arizalar ko‘rib chiqish uchun qabul qilinmaydi.

 Shu bilan birga, ShHT TIVK yig‘ilishini yoritishda ishtirok etish uchun xorijiy OAV tomonidan topshirgan arizalari Tashqi ishlar vazirligi tomonidan ularning akkreditatsiya qilinganligi to‘g‘risidagi tasdiqnomasiz O‘zbekistonga tashrif buyurish va professional faoliyati bilan shug‘ullanish uchun asos bo‘la olmaydi.