Vladimir Norov: ShHT sivilizatsiyalar o‘rtasidagi muloqotni rivojlantirishga faol va izchil ko‘maklashmoqda, turli madaniyat va an’analarga ega xalqlar o‘rtasida ko‘prik vazifasini bajarmoqda
Bugun Toshkentda ish boshlagan ShHT Xalq diplomatiyasi forumida ma’ruza bilan ishtirok etgan O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov ushbu tashkilot makonida xalq diplomatiyasini rivojlantirish uchun mamlakatlarimiz yoshlarining ulkan salohiyatidan foydalanish zarurligini qayd etdi, deb xabar qilmoqda «Dunyo» AA muxbiri.
-ShHT sivilizatsiyalar o‘rtasidagi muloqotni rivojlantirishga faol va izchil ko‘maklashmoqda, shuningdek, turli madaniyat va an’analarga ega xalqlar o‘rtasida ko‘prik vazifasini bajarmoqda, dedi u. - Tashkilot asrlar davomida mintaqaning asosiy iqtisodiy va ma’naviy negizi bo‘lib xizmat qilgan Buyuk Ipak yo‘lida shakllangan mustahkam aloqalarni tiklash va boyitishga, xalqarimiz farovonligini oshirishga, mintaqalar va madaniyatlararo yaqinlikni ta’minlashga yordam beradi.
ShHTning madaniyat, ta’lim, turizm, yoshlar va gender siyosati sohasidagi o‘zaro hamkorlik mexanizmlari, ShHTning xalqaro marafonlari va «ShHTning sakkiz mo‘jizasi» ko‘rgazmasi mamlakatlarimizning tarixiy va madaniy qadriyatlarini ochib berish va targ‘ib qilishga samarali platforma bo‘lib xizmat qilmoqda.