SHHT yoshlar loyihalarini amalga oshirishga katta e’tibor qaratmoqda
Kecha Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (ShHT) Bosh kotibi Chjan Min «SHHT modeli» loyihasida ishtirok etayotgan maktab o‘quvchilari oldida nutq so‘zladi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.
ShHT kotibiyatida o‘tkazilgan ushbu uchrashuvda, shuningdek, Tashkilotga a’zo davlatlarning diplomatiya missiyalari vakillari ham ishtirok etdilar.
Bosh kotib o‘z nutqida SHHT makonida turli-tuman yoshlar loyihalarini amalga oshirish va yoshlar bilan ishlash tashkilot oldida turgan tahdidlar ta’siriga qaramay, uning faoliyatidagi muhim qism ekanligini ta’kidladi.
«SHHT davlatlari yoshlar masalalariga katta ahamiyat qaratmoqda. So‘nggi yillarda biz ko‘pgina muvaffaqiyatlarga erishdik va ko‘plab yoshlar loyihalarini hayotga tadbiq etdik. «ShHT modeli» loyihasi ana shunday tadbirlardan biridir», dedi Chjan Ming.