Xitoy tashqi ishlar vaziri rasmiy tashrif bilan Toshkentga keldi
Bugun Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I rasmiy tashrif bilan Toshkentga keldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Xitoy delegatsiyasini O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov kutib oldi.
Tashrif dasturiga binoan, Xitoy TIV rahbari Shanxay hamkorlik tashkilotiga (SHHT) aʼzo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashining yig‘ilishida ishtirok etadi, shuningdek, “SHHT oilasi” mamlakatlari delegatsiyalarining rahbarlari bilan qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi.
Eslatib o‘tamiz: 28-29 iyul kunlari Toshkentda SHHTga aʼzo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.