Toshkentda Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar turizm maʼmuriyatlari rahbarlarining yig‘ilishi boshlandi
Toshkentda O‘zbekiston raisligida Shanxay hamkorlik tashkilotiga (ShHT) aʼzo davlatlar turizm maʼmuriyatlari rahbarlarining gibrid shakldagi yig‘ilishi boshlandi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri voqea joyidan.
Yig‘ilishda turizm idoralari rahbarlari ShHTga aʼzo davlatlar o‘rtasida ushbu sohadagi hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qiladi, milliy turizm bozorining bugungi holati va turizmni rivojlantirish salohiyatini ro‘yobga chiqarish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida maʼlumot almashadi, shuningdek, tashkilot doirasida turizm almashinuvini yana-da rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlarni o‘rganadi.
Eslatib o‘tamiz, ShHTga aʼzo davlatlar milliy turizm maʼmuriyatlari rahbarlarining birinchi yig‘ilishi 2015 yil 25 mart kuni Moskva shahrida (Rossiya) bo‘lib o‘tgan edi.