Toshkentda Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar madaniyat vazirlarining yig‘ilishi boshlandi
Toshkentda O‘zbekiston raisligida Shanxay hamkorlik tashkilotiga (ShHT) aʼzo davlatlar madaniyat vazirlarining gibrid shakldagi 19-yig‘ilishi boshlandi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri voqea joyidan.
Uchrashuvda tomonlar ShHT doirasida madaniyat sohasidagi hamkorlikning bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qiladi. Shuningdek, aʼzo davlatlar hukumatlari o‘rtasida madaniyat sohasidagi bitim va madaniyat vazirlarining bundan avvalgi yig‘ilishlarida erishilgan kelishuvlar qanday bajarilayotgani yuzasidan fikr almashiladi.
Eslatib o‘tamiz, madaniyat vazirlarining yig‘ilishi har yili bir marta o‘tkaziladi. Birinchi yig‘ilish 2002 yil 12 aprel kuni Pekin shahrida tashkil etilgan.