O‘zbekiston ekspertlari va diplomatlari mamlakatimizning ShHTga raisligining ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildi
Bugun Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida «Sharq mamlakatlarida xalqaro munosabatlarning zamonaviy transformatsiyasi» mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Anjumanda yetakchi siyosatshunoslar, xalqaro munosabatlar sohasidagi tadqiqotchilar, shuningdek, diplomatlar ishtirok etdi.
Tadbirda so‘zga chiqqan O‘zbekiston milliy koordinatori Rahmatulla Nurimbetov ishtirokchilarni mamlakatimizning Shanxay hamkorlik tashkilotiga (ShHT) raisligining ustuvor yo‘nalishlari bilan tanishtirdi.
Shuningdek, mintaqa va dunyodagi vaziyatning hozirgi rivojlanishi sharoitida SHHT omili, O‘zbekistonning milliy manfaatlari nuqtai nazaridan savdo, iqtisodiyot va transportning o‘zaro bog‘liqligi sohalarida tashkilot makonidagi hamkorlikni mustahkamlash istiqbollari kabi jihatlarga alohida eʼtibor qartildi.