ShHT faoliyatini yoritish bo‘yicha bo‘lajak vazirliklararo maslahatlashuvlar to‘g‘risida
2022-yil 7-aprel kuni O‘zbekiston tomoni raisligida “Shanxay hamkorlik tashkiloti faoliyatini yoritish jarayonida a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirliklari axborot xizmatlarining o‘zaro hamkorligi” mavzusidagi maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasi videokonferensaloqa shaklida bo‘lib o‘tadi.
Tadbirda Hindiston Respublikasi, Pokiston Islom Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, Qozog‘iston Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston Respublikasi, Xitoy Xalq Respublikasi, Oʻzbekiston Respublikasi tashqi siyosat idoralari axborot xizmatlari hamda ShHT Kotibiyati rahbarlari va vakillari ishtirok etishi kutilmoqda.
Maslahatlashuvlar kun tartibiga Oʻzbekiston raisligida oʻtkaziladigan tadbirlar, jumladan, Tashqi ishlar vazirlari kengashi, Hukumat rahbarlari kengashi va Davlat rahbarlari kengashi yigʻilishlarini ommaviy axborot vositalarida yoritish masalalari oʻrin olgan. Bundan tashqari, ShHTga aʼzo davlatlar tashqi ishlar vazirliklari matbuot xizmatlarining Tashkilot faoliyatini yoritishda oʻzaro hamkorligini chuqurlashtirish istiqbollari yuzasidan fikr almashiladi.