O‘zbekistonda giyohvandlik vositalari noqonuniy savdosining oldini olish bo‘yicha ijobiy natijalar kuzatilmoqda
Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga (ShHT) aʼzo davlatlarning giyohvand moddalar savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha vakolatli organlari rahbarlarining 12-majlisida giyohvandlik vositalari noqonuniy savdosining oldini olish bo‘yicha ijobiy natijalar qayd etilayotgani maʼlum qilindi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
«2021 yili 2020 yildagiga nisbatan geroin 3,6 baravar – 102,96 (28,31) kilogramm, Afg‘onistondan kirib kelgan afyun 2,7 baravar –342,7 (124,1) gramm, sintetik dorilar 5,8 baravar - 8973,3 (1528,3) gramm, amfetamin, mefedron va LSD 18 barobar - 8115,2 gramm ko‘p musodara qilindi», dedi O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi direktori Olim Narzullayev o‘z nutqida.