Xitoydan munosabat: BMT Bosh Assambleyasi tomonidan Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlash bo‘yicha maxsus rezolyutsiyaning qabul qilinishi mintaqaviy hamkorlikni chuqurlashtirishga yordam beradi
ShHTning Xalqaro logistika parki maʼmuriy qo‘mitasi direktori Lyanyungane Li Chjanchao “Dunyo” AA uchun sharhida BMT Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlash bo‘yicha maxsus rezolyutsiyaning ahamiyatini taʼkidladi.
- Mintaqalararo aloqalarni mustahkamlash Markaziy Osiyo davlatlarining transport yo‘nalishlarini diversifikatsiya qilish va mintaqaning xalqaro transport va tranzit markazi sifatida raqobatbardoshligini oshirish maqsadlariga javob beradi.
Ushbu maqsadlar Markaziy Osiyoning transport sohasidagi islohotlarini davom ettirishdan iborat bo‘lib, bu mintaqaning global taʼminot zanjirlariga chuqur integratsiyasini taʼminlashga va Markaziy Osiyo davlatlarining xalqaro savdo tizimining yangi modelida o‘z munosib o‘rnini topishiga ko‘maklashadi.
BMT Bosh Assambleyasi tomonidan Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlash bo‘yicha maxsus rezolyutsiyaning qabul qilinishi transport va tranzit imkoniyatlarini kengaytirish, Markaziy Osiyo davlatlarining dengiz portlari va jahon bozorlariga chiqishini taʼminlash bo‘yicha muvofiqlashtirishni kuchaytirish va mintaqaviy hamkorlikni chuqurlashtirishga xizmat qiladi.
O‘zbekistonning muhim geografik o‘rni va islohotlar samarasi mamlakat va, umuman, mintaqaning iqtisodiy rivojlanishiga yangi turtki beradigan transport-logistika markazlarini yaratish imkonini beradi.
Osiyodagi eng yirik portlardan biri sifatida O‘zbekiston savdo-iqtisodiy sohasidagi, ayniqsa, transport va logistika sohasidagi ijobiy o‘zgarishlar hamda islohotlarni diqqat bilan kuzatib bormoqdamiz. O‘zbekistonning Lyanyungang porti orqali yuk tashish hajmi tobora ortib bormoqda. Bu ko‘rsatkichni yana-da oshirish uchun o‘zbekistonlik sheriklar bilan hamkorlikni yana-da mustahkamlashdan manfaatdormiz.