Qozog‘istondan munosabat: Markaziy Osiyo - «ShHTning jo‘g‘rofiy yadrosi»
Qozog‘istonning ShHT faoliyati bo‘yicha Milliy koordinatori, elchi o‘rinbosari Yerlik Ali “Dunyo” AA uchun bergan intervyusida ShHTga aʼzo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashi majlisining yakunlari haqidagi fikrlarini bayon etdi.
- Uchrashuvdan oldin biz Milliy koordinatorlarning juda muhim uchrashuvini o‘tkazdik, unda Tashqi ishlar vazirlari Kengashiga taqdim etilgan barcha masalalarni ko‘rib chiqdik, dedi u. - Vazirlarning qarori, asosan, ShHT davlat rahbarlarining bo‘lajak sammiti doirasida yakuniy natijalarni qabul qilishga tayyorgarlik hisoblanadi.
Menimcha, tashkilotimiz uchun bir qator masalalar juda muhim. Bular ShHTni kengaytirish masalalari, yangi muloqot sheriklari, shuningdek, kuzatuvchilar va oxir-oqibat tashkilotning yangi aʼzolari, xususan, Eronni qabul qilishdir.
Bundan tashqari, arab bloki - Saudiya Arabistoni, Qatar va Misr kabi davlatlar bizga qo‘shilishni rejalashtirmoqda.
ShHT terrorizm, separatizm, ekstremizmga qarshi kurash kabi juda muhim sohalarda ham muvaffaqiyatli ish olib bormoqda. Bu davlatlar ShHTga sherik bo‘lish istagini bildirgani haqida ko‘p gapiradi va biz buni qadrlaymiz.
Bu masala amalda hal etiladi. Savol kelajakda bunday katta “oila”ning bir qismi sifatida qanchalik samarali ishlashimizdadir.
O‘ylaymanki, bu yo‘nalishda samarali ishlashimizga imkon beradigan mexanizmlar allaqachon mavjud.
O‘zbekiston tomonining o‘zaro bog‘liqlik, trasport yo‘laklari, energetika masalalari bo‘yicha tashabbusi strategik xarakterga ega, deb hisoblayman. Ushbu tashabbuslar diqqat bilan o‘rganilib va barcha darajalarda ko‘rib chiqilgan. Mutaxassislar va milliy koordinatorlar ularni qabul qilish kerakligi to‘g‘risida kelishib oldi.
O‘ylaymanki, bu ko‘plab masalalarni hal qiladi. Bu, birinchi navbatda, ShHT doirasida Markaziy Osiyo davlatlari uchun juda muhimdir. Deklaratsiyaga qarasangiz, Markaziy Osiyo mintaqasi SHHTning «Jug‘rofiy yadrosi» deb atalishini ko‘rasiz. Bizda «Shanxay ruhi» kabi tushuncha mavjud edi , endilikda «Markaziy Osiyo yadrosi» tushunchasi kirib kelmoqda.
O‘zbekistonning ShHTga raisligi masalasiga kelsak, o‘tkazilgan tadbirlar yuksak tashkiliy darajani ko‘rsatmoqda va ularning natijalari dolzarb masalalarni ilgari surishga xizmat qilmoqda.