Chjan Min: Samarqand sammiti bizga ShHT rivojlanishidagi yangi sahifani birgalikda ochish imkonini beradi
ShHTga aʼzo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari Kengashi yig‘ilishida so‘zga chiqqan tashkilot Bosh kotibi Chjan Min Samarqand sammiti muvaffaqiyatli o‘tishiga ishonch bildirdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
- Samarqand sammiti tashkilotning joriy yildagi eng muhim voqeasidir, - dedi ShHT Bosh kotibi. - Avvalroq men O‘zbekiston tomoni sammitni tashkil etish borasidagi ulkan saʼy-harakatlarini o‘z ko‘zim bilan ko‘rish maqsadida ushbu mashhur tarixiy va madaniy shaharga tashrif buyurgan edim. Ishonchim komilki, bunday yuqori darajadagi tayyorgarlik ishlari va barcha aʼzo davlatlarning qatʼiy qo‘llab-quvvatlashi asnosida sammit, shubhasiz, to‘lasincha muvaffaqiyatli o‘tadi.
ShHT Kotibiyati faol ishlarni davom ettirgani holda sammitga tayyorgarlik ko‘rilishida har tomonlama ishtirok etadi hamda aʼzo davlatlar tomonidan qo‘yilgan maqsad va vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshiradi. Ushbu sammit bizga ShHT rivojlanishidagi yangi sahifani ochish imkoniyatini beradi.