Bugun Toshkentda O‘zbekiston raisligida ShHTga aʼzo davlatlar Milliy koordinatorlari kengashining majlisi boshlandi
Bugun Toshkentda O‘zbekiston raisligida Shanxay hamkorlik tashkiloti Milliy koordinatorlari kengashining (ShHT MKK) navbatdagi yig‘ilishi o‘z ishini boshladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
ShHTga aʼzo davlatlar milliy koordinatorlari tashkilotning bo‘lajak yirik tadbirlariga, jumladan, joriy yil iyul oyida tashkil etiladigan ShHT Tashqi ishlar vazirlari kengashi va sentyabr oyida bo‘lib o‘tadigan ShHT Davlat rahbarlari kengashining yig‘ilishlariga tayyorgarlik ko‘rish masalalarini muhokama qilmoqda.
ShHT MKK yig‘ilishi o‘z ishini 17 iyungacha davom ettiradi.