Toshkentda O‘zbekiston raisligida ShHTga aʼzo davlatlar Milliy koordinatorlari kengashi o‘z ishini boshladi
Bugun Toshkentda O‘zbekiston raisligida Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar Milliy koordinatorlari kengashining (ShHT MKK) navbatdagi yig‘ilishi boshlandi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Offlayn tarzda o‘tkazilayotgan yig‘ilishda ShHTga aʼzo davlatlar milliy koordinatorlari, shuningdek, tashkilotning doimiy organlari rahbarlari ishtirok etmoqda.
Uchrashuv doirasida 28-29 iyul kunlari O‘zbekiston poytaxtida bo‘lib o‘tadigan ShHT tashqi ishlar vazirlari Kengashining majlisini tayyorlashga alohida eʼtibor qaratish rejalashtirilgan.
MKK 15-16 sentabr kunlari Samarqand shahrida tashkilotga aʼzo davlatlar rahbarlari Kengashining bo‘lajak yig‘ilishi uchun hujjatlar to‘plamini tayyorlash bo‘yicha ishlarni davom ettiradi.
ShHT MKK yig‘ilishi 27 iyul kuniga qadar davom etadi.