Toshkentda ShHTga aʼzo davlatlar sanoat vazirlarining ikkinchi yig‘ilishi boshlandi
Bugun O‘zbekiston tomoni raisligida Shanxay hamkorlik tashkilotiga (SHHT) aʼzo davlatlar sanoat vazirlarining ikkinchi yig‘ilishi gibrid formatda boshlandi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Uchrashuv kun tartibiga ShHTga aʼzo davlatlar o‘rtasidagi sanoat sohasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollarini qamrab olgan masalalar kiritilgan.
Yig‘ilish yakunlari bo‘yicha ShHT mamlakatlari tarmoqlarini rivojlantirishga qaratilgan qator muhim hujjatlar tasdiqlanishi kutilmoqda.
Bundan avvalgi uchrashuv 2021 yil 16 iyul kuni Dushanbe shahrida (Tojikiston) bo‘lib o‘tgan.