ShHTning "Aqlli shahar" dasturi doirasidagi xalqaro anjuman bo'lib o'tdi
Poytaxtimizdagi INXA universitetida "Aqlli shahar" dasturi doirasida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar poytaxtlari va shaharlari o‘rtasida hamkorlik o‘rnatish, tajriba almashishga qaratilgan xalqaro forum bo‘lib o‘tdi.
Anjuman axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirliklari, Toshkent shahri hokimligi tomonidan tashkil etildi.
Tadbir ishtirokchilari "Aqlli shaharlar"ni qurishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni aniqlash, bu borada aholi xabardorligini oshirish, smart texnologiyalarni o‘rganish va joriy etish, shuningdek, qo‘shma xalqaro ilmiy-tadqiqot faoliyatini yo‘lga qo‘yish hamda SHHTga a’zo davlatlarning ayni yo‘nalishdagi tajribasini o‘rganishdan iborat.
Qatnashchilar "Aqlli shahar"larni qurish va rivojlantirish bo‘yicha o‘z taqdimotlarini namoyish etishdi.
Uchrashuv doirasida mehmonlarning «IT-Park», Toshkent shahri hokimiyati qoshidagi Vaziyatlar markazi, "Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati", Transport boshqarmasining "Vaziyatlar markazi" ga tashrifi ham tashkillashtirildi.