ShHT sammiti 2022-yil 15-16-sentabr

Toshkentda ShHTga aʼzo davlatlar Xavfsizlik kengashlari kotiblari majlisini tayyorlash bo‘yicha ekspertlar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Poytaxtimizda Shanxay hamkorlik tashkilotiga (ShHT) aʼzo davlatlar Xavfsizlik kengashlari kotiblarining navbatdagi majlisiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha ekspertlar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Uchrashuv O‘zbekiston tomoni raisligida gibrid shaklda uyushtirildi.

Yig‘ilish davomida ishtirokchilar ShHTga aʼzo davlatlar Xavfsizlik kengashlari kotiblarining navbatdagi yig‘ilishiga tayyorgarlik ko‘rish bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqdi.

Shuningdek, yig‘ilishda O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan oliy darajadagi tadbir davomida qabul qilinishi rejalashtirilgan hujjatlar loyihalarini muhokama qilindi.

Eslatib o‘tamiz, ShHTga aʼzo davlatlar Xavfsizlik kengashlari kotiblari majlisini tayyorlash bo‘yicha ekspertlarning avvalgi yig‘ilishi  jori yil 15-16 aprel kunlari Toshkentda  bo‘lib o‘tgan edi.