Kelgusi haftada Toshkentda O‘zbekistonning ShHTga raisligi doirasida uchta forum o‘tkaziladi
Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekistonning Shanxay hamkorlik tashkilotiga raisligi doirasida kelgusi haftada rejalashtirilgan tadbirlar haqida maʼlumot berdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Unga ko‘ra, 7-iyun kuni Toshkent shahrida ShHTga aʼzo davlatlarning anʼanaviy tibbiyot bo‘yicha forumi o‘tkaziladi. 7-8 iyun kunlari poytaxtimizda ShHTga aʼzo davlatlar sog‘liqni saqlash vazirlarining yig‘ilishi tashkil etiladi.
Bundan tashqari kelgusi haftada Toshkent shahrida ShHT Yoshlar kengashi yig‘ilishini o‘tkazish rejalashtirilgan.