ShHT MATT Ijroiya qo‘mitasi O‘zbekiston hukumatini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi
ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi (ShT MATT) Ijroiya qo‘mitasi o‘z saytida Qoraqalpog‘iston Respublikasida sodir bo‘lgan voqealar munosabati bilan bayonot eʼlon qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
«ShHT MATT Ijroiya qo‘mitasi aksilkonstitutsiyaviy ko‘rinishlar va ijtimoiy-siyosiy vaziyatni beqarorlashtirishga urinishlarni qoralab, tinchlikni saqlash, xavfsizlik va barqaror taraqqiyot tarafdori ekanini bildirib, joriy yil 1 iyul kuni Qoraqalpog‘istonda sodir etilgan voqealar munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan qonunchilik va tartibni taʼminlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, millatlararo totuvlik hamda ko‘p millatli o‘zbek zaminida barcha xalqlarning tinch-totuv yashashini taʼminlash bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlarni qo‘llab-quvvatlashini bildiradi», - deyiladi hujjatda.