Toshkentda O‘zbekiston raisligida SHHTning qator ekspert uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi
Bugun Toshkent shahrida O‘zbekiston tomoni raisligida gibrid shaklda ShHTga aʼzo davlatlar sanoat vazirlari, Xalqaro axborot xavfsizligi bo‘yicha ekspertlar ishchi guruhi va Tashkilot doirasida ichki mintaqalararo savdoni rivojlantirish bo‘yicha rejasi loyihasini tayyorlash ekspertlar guruhining yig‘ilishlari bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dune” AA muxbiri.
Mazkur tadbirlarda O‘zbekiston tomonidan ShHT doirasida ixtisoslashgan yo‘nalishlarda ilgari surilgan tashabbuslarni samarali amalga oshirishga qaratilgan amaliy qadamlar kelishib olindi.
Eslatib o‘tamiz, mamlakatimizning tashkilotga raisligi doirasida 100 ga yaqin yirik tadbirlar rejalashtirilgan.
Bugungi kunga qadar 70 dan ortiq tadbir o‘tkazildi.