ShHTga aʼzo davlatlar Milliy koordinatorlari kuzatuvchi davlat yoki tashkilotning muloqot bo‘yicha hamkori maqomini olish bo‘yicha arizalarni muhokama qildi
Kecha poytaxtimizda ShHTga aʼzo davlatlar Milliy koordinatorlari kengashining navbatdagi yig‘ilishi o‘z ishini yakunladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
TIV maʼlumotiga ko‘ra, 14-17 iyun kunlari bo‘lib o‘tgan yig‘ilish kun tartibi markazida ShHTga aʼzo davlatlar rahbarlari kengashi, Hukumat rahbarlari (Bosh vazirlar) kengashi va Tashqi ishlar vazirlari kengashi hamda joriy yilda bo‘lib o‘tadigan sohaviy vazirlik va idoralar rahbarlari yig‘ilishlariga tayyorgarlik ko‘rish masalalari bo‘ldi.
Joriy yilning sentyabr oyida Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan ShHT Davlat rahbarlari sammiti yig‘ilishida taqdim etilishi kutilayotgan hujjatlar loyihalarini muvofiqlashtirish davom ettirildi.
Boshqa xalqaro va mintaqaviy birlashmalar bilan hamkorlikni kengaytirish istiqbollari, shuningdek, bir qator davlatlarning SHHTning kuzatuvchi-davlati yoki muloqot bo‘yicha sherik maqomini olishga doir arizalari muhokama qilindi.
ShHTning joriy faoliyatiga oid masalalar ham ko‘rib chiqildi.
2022 yil 17 iyun kuni milliy koordinatorlar Markaziy Osiyo xalqaro instituti tomonidan tashkil etilgan ShHT Xartiyasi imzolanganining 20 yilligiga bag‘ishlangan «ShHT: Markaziy Osiyodan Yevroosiyogacha» mavzusidagi xalqarokonferensiyada ishtirok etdi