ShHT sammiti 2022-yil 15-16-sentabr

Toshkentda Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga aʼzo davlatlar sog‘liqni saqlash vazirlarining navbatdagi yig‘ilishi boshlandi

Bugun Toshkentda O‘zbekiston raisligida Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga (ShHT) aʼzo davlatlar sog‘liqni saqlash vazirlarining beshinchi uchrashuvi gibrid formatda boshlandi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA  muxbiri.

Tadbirning ochilish marosimida ishtirokchilarni O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri Behzod Musayev va ShHT Bosh kotibi Chjan Min  tabrikladilar.

Uchrashuvda, shuningdek, Hindiston sog‘liqni saqlash va oila farovonligi vazirining o‘rinbosari Radjesh Bxushan, Qozog‘iston sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari Marat Shoranov, Xitoy Milliy sog‘liqni saqlash komissiyasi raisi Ma Syaovey, Qirg‘iziston sog‘liqni saqlash vaziri vazifasini bajaruvchi Jarkinbek Kasimbekov,  Pokiston sog‘liqni saqlash   vazirligining maxsus kotibi, koordinator  Ali Shalvoniy, Rossiya sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashko va Tojikiston sog‘liqni saqlash vaziri Jamoliddin Abdullozoda ishtirok etmoqda.

Sog‘liqni saqlash idoralari rahbarlari ShHTga aʼzo davlatlardagi SOVID-19 pandemiyasi bilan bog‘liq mavjud vaziyatni, shuningdek, ushbu sohalarda xalqaro hamkorlik istiqbollarini, dori vositalari, vaksinalar va test tizimlarini rivojlantirish bo‘yicha ilmiy-texnik hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qiladilar.

ShHTga aʼzo davlatlar sog‘liqni saqlash vazirlarining bundan oldingi yig‘ilishi 2021 yil 30 iyun kuni Dushanbe shahrida (Tojikiston) bo‘lib o‘tgan edi.


Toshkentda Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga aʼzo davlatlar sog‘liqni saqlash vazirlarining navbatdagi yig‘ilishi boshlandi

Vazirlar darajasidagi majlis  gibrid formatda O‘zbekiston raisligida  o‘tkazilmoqda