ShHT sammiti 2022-yil 15-16-sentabr

Mintaqaviy xavfsizlik masalalari bo‘yicha TIVlararo maslahatlashuvlar to‘g‘risida

2022-yil 20-aprel kuni Moskva shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar tashqi ishlar vazirlari oʻrinbosarlari darajasida mintaqaviy xavfsizlik masalalari boʻyicha maslahatlashuvlar boʻlib oʻtdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasidan Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Vladimir Norov boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etdi.

Maslahatlashuvlarda ShHT makonida xavfsizlikni taʼminlash masalalarini muhokama qilindi, shuningdek, dolzarb mintaqaviy va xalqaro muammolar yuzasidan fikr almashildi.

 ShHTga aʼzo davlatlarning Afgʻoniston yoʻnalishidagi saʼy-harakatlarini muvofiqlashtirishga alohida eʼtibor qaratildi.

 Shu bilan birga, tadbir doirasida delegatsiyalarga O‘zbekistonning ShHTga raisligining ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish, o‘tkazilayotgan asosiy tadbirlar hamda joriy yil sentabr oyida Samarqandda bo‘lib o‘tadigan ShHT Sammitida imzolanishi rejalashtirilgan hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.