Toshkentda ShHTga aʼzo davlatlarning atrof-muhitni muhofaza qilish boʻyicha masʼul vazirlik va idoralari rahbarlarining uchinchi yigʻilishi bo'lib o'tdi.
Toshkentda Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlarning atrof-muhitni muhofaza qilish boʻyicha masʼul vazirlik va idoralari rahbarlarining uchinchi yigʻilishi boshlandi.
ShHTga aʼzo sakkiz davlatning yuqori martabali delegatsiyalari va ekspertlari tashkilot kotibiyati vakillari ishtirokida atrof-muhit monitoringi, bioxilma-xillik, tabiiy hududlarni muhofaza qilish, iqlim oʻzgarishi, ilmiy-texnik hamkorlik, qattiq maishiy chiqindilarni boshqarish kabi dolzarb yoʻnalishlarda hamkorlikni kengaytirish masalalari yuzasidan fikr almashadilar.
Tadbir Oʻzbekistonning SHHTga raisligi doirasida oʻtkazilmoqda.
Tadbir oldidan Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi bogʻiga koʻchat ekish marosimi boʻlib oʻtdi.
Shundan so'ng, Toshkentda boʻlib oʻtayotgan ShHTga aʼzo davlatlarning ekologiya masalalari boʻyicha masʼul vazirlik va idoralari rahbarlarining yigʻilishi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi Narzullo Oblomurodov milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari uchun brifing oʻtkazdi.