ShHT sammiti 2022-yil 15-16-sentabr

«ShHT mamlakatlari rassomlarining asarlarida Samarqand ruhi» plener-ko‘rgazmasining ikkinchi bosqichi boshlandi

Turizm va madaniy meros vazirligi tomonidan Samarqandda plenerning ikkinchi bosqichi boshlandi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri mamlakatimiz Turizm va madaniy meros vazirligi maʼlumotga tayangan holda.

ShHT  mamlakatlari rassomlarining asarlarida Samarqand ruhi aks etadigan mazkur plener O‘zbekiston Prezidentining Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (ShHT ) sammitini yuqori saviyada o‘tkazishga doir topshirig‘iga muvofiq tashkil etildi.

8-avgust kuni Eron, Pokiston, Rossiya, Tojikiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va boshqa mamlakatlardan 28 nafar isteʼdodli rassom Samarqand shahriga kelishdi. Dastlab mo‘yqalam ustalari Qo‘qon, Marg‘ilon, Rishton, Samarqand va Shahrisabzning diqqatga sazovor joylari bilan tanishishdi.

Taʼkidlash kerakki, rassomlar 18-avgustgacha tarixiy obidalarda va "Ipak yo‘li" xalqaro turizm va madaniy meros universitetining ustaxonasida ishlashadi.

Plener ishtirokchilarining asosiy maqsadi o‘z asarlarida o‘zbek xalqining moddiy va maʼnaviy madaniyatini aks ettirishdir.