ShHT sammiti 2022-yil 15-16-sentabr

Vladimir Norov: O‘zbekiston tashabbusi bilan ShHT madaniy va sayyohlik poytaxti maqomining berilishi amaliyoti joriy etilmoqda

Tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov bugun ochilgan ShHT Xalq diplomatiyasi forumidagi qutlov nutqida ishtirokchilar eʼtiborini ShHT makonidagi madaniy xilma-xillik va boy sayyohlik salohiyatini targ‘ib qilish bo‘yicha O‘zbekistonning tashabbuslariga qaratdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA  muxbiri.

-ShHT makonidagi madaniy xilma-xillik va boy sayyohlik salohiyatini ommalashtirish maqsadida O‘zbekiston tashabbusi bilan joriy yildan eʼtiboran har yili ShHTning madaniy va sayyohlik poytaxti maqomini berish amaliyoti joriy etildi, - dedi Vladimir Norov. - Bunday maqom birinchi marta Hindistonning Varanasi shahriga beriladi.

O‘zbekiston rahbari «ShHT Xalq diplomatiyasi»ning konseptual asoslarini boyitish muhimligini yuqori baholar ekan, «ShHTning ezgu niyat elchisi» institutini tashkil etish tashabbusi bilan chiqdi.

Ushbu faxriy unvonning madaniyat, sanʼat va fan arboblariga taqdim etilishi tashkilotning maqsad va vazifalarini dunyodagi keng jamoatchilik orasida namoyish etilishi, uning xalqaro maydondagi ijobiy imidji targ‘ib qilinishida muhim ahamiyat kasb etadi.