Vladimir Norov: ShHT MATT faoliyatini xavfsizlik sohasidagi o‘zgaruvchan voqelikka moslashtirish masalasi kechiktirilgan
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov bugun Toshkentda boshlangan ShHT TIVK yig‘ilishidagi nutqida ShHT faoliyatini yana-da rivojlantirish bilan bog‘liq muhim jihatlarni sanab o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
- Biz xalqaro munosabatlarda tub o‘zgarishlar va global qayta qurish davriga guvoh bo‘lmoqdamiz. Ushbu jarayon beqarorlik va iqtisodiy noaniqlikning kuchayishi bilan bog‘liq.
Internet olamida axborot xavfsizligi sohasidagi xavfli tendensiyalar - kiber tahdidlarni yaratish, ekstremistik, separatistik va terroristik murojaatlarni tarqatish, shuningdek, buzg‘unchilik maqsadlariga yo‘naltirilgan soxta yangiliklar tobora ortib bormoqda.
O‘zbekistonda yaqinda ro‘y bergan fojiali voqealar mintaqada tinchlik va barqarorlikni buzishga urinayotgan buzg‘unchi kuchlarning axborot tahdidlaridan foydalanganligidan dalolat beradi.
Shu munosabat bilan, ushbu muammolarga va «uch yovuz» kuchga qarshi turishda birdamlikning yana-da yaqqol namoyon bo‘lishi har qachongidan ham dolzarb bo‘lib bormoqda. ShHT davlatlari axborot va boshqa yangi tahdidlardan himoya qilish, «Shanxay ruhi» tamoyillari asosida do‘stlik va o‘zaro qo‘llab-quvvatlashni mustahkamlash bo‘yicha birgalikdagi saʼy-harakatlarni birlashtirishi zarur.
ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi faoliyatini xavfsizlik, jumladan, kiberjinoyatchilikka qarshi kurash sohasidagi o‘zgaruvchan voqelikka moslashtirish masalasi mavjud.