ShHT sammiti 2022-yil 15-16-sentabr

Yoshlar orasida ShHT Modeli o'tkazildi

14-may kuni O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar univesitetida Siyosatshunoslik yo‘nalishi 1-2 bosqich talabalari “INTЕLLЕKT” – yoshlar siyosiy taxlil klubi  faoliyati doirasida O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi, “Ijtimoiy gumanitar fanlar” kafedrasi mudiri, klub ilmiy rahbari s.f.d.,prof. Muqimjon Qirg‘izboyev boshchiligida “Markaziy Osiyoda tinchlikva farovonlik – Shanhay hamkorlik tashkiloti makonida barqarorlikni ta’minlashning asosiy omili” mavzusida I ShHT Modeli bo‘lib o‘tdi.
 

"ShHT modeli" - Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) organlari faoliyatini simulyatsiya qiluvchi interaktiv ta'lim o'yini (konferensiya-simulyator).

"ShHTmodeli" 2018 yil iyun oyidan boshlab ShHTning funksiyalari va faoliyatini o'rganishdan manfaatdor bo'lgan talabalar va yosh mutaxassislar tomonidan o'tkaziladi. O'yin ta'lim maqsadlariga erishib, delegatlarga xalqaro munosabatlar va diplomatiyani o'rganish, yozish ko'nikmalarini takomillashtirish, ShHTning boshqa mamlakatlaridan talabalar bilan muloqot qilish, jamoada ishlash, bahs-munozaralar olib borish, yangi g'oya va loyihalarni ishlab chiqish imkonini beradi.

Konferensiya avvalida ShHT faoliyati bo‘yicha ekspert, “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi katta o‘qituvchisi, t.f.d Sadriddin Raximov so‘zga chiqib, tashkilotning maqsad va vazifalari O‘zbekiston Respublikasining ShHT  faoliyatida tutgan o‘rni hamda tashkilot faoliyatidagi bir qancha o‘zgarishlar haqida o‘ta muxim bo‘lgan ma’lumotlarni ilmiy-amaliy konferensiya ishtirokchilariga bayon qildi.
ShHT modelining asosiy maqsadi ShHTga a'zo mamlakatlarning oliy darajadagi sammitlarida siyosiy munozaralarni modellashtirish formati doirasida yoshlarning tashkilot faoliyatiga qiziqishini rag'batlantirishdan iborat. ShHTning hozirgi birinchi modeli tashkilotning asosiy mexanizmlaridan biri — ShHTga a'zo davlatlar hukumatlari rahbarlari Kengashining faoliyatini simulatsiya qildi. Tadbir yoshlarning tashkilotning ishlashi haqidagi tushunchalarini yaxshilashga yordam berdi. Unda ShHTga a'zo va kuzatuchi davlatlar delegatlari ishtirok etdi.