Toshkentda SHHTga aʼzo davlatlar Xavfsizlik kengashi kotiblari majlisini tayyorlash bo‘yicha ekspertlar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Toshkentda Shanxay hamkorlik tashkilotiga (SHHT) aʼzo davlatlar Xavfsizlik kengashi kotiblarining navbatdagi yig‘ilishiga tayyorgarlik bo‘yicha ekspertlarning ikki kunlik yig‘ilishi O‘zbekiston raisligida gibrid shaklda bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Uchrashuv davomida SHHTga aʼzo davlatlar Xavfsizlik kengashi kotiblarining navbatdagi yig‘ilishiga tayyorgarlik ko‘rish bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi.
O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan oliy darajadagi tadbir davomida qabul qilinishi rejalashtirilgan hujjatlar loyihalari ham muhokama qilindi.