Vladimir Norov: O‘zbekistonning ShHTda raisligi doirasida 70 dan ortiq yirik tadbirlar o‘tkazildi
Toshkentda Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari Kengashining (ShHT TIVK) navbatdagi yig‘ilishi o‘z ishini yakunladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
ShHT TIVK yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha brifingni ochar ekan, O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov quyidagilarni qayd etdi:
- O‘zbekiston ShHTga raislik qilgan dastlabki kunlardan boshlaboq birgalikdagi ishlarning ustuvor yo‘nalishlari va asosiy vazifalarini belgilab oldi. Ushbu davr mobaynida ko‘p tomonlama hamkorlikning barcha yo‘nalishlari va sohalarini qamrab olgan 70 dan ortiq yirik tadbirlar o‘tkazildi.
Tashqi ishlar vazirlari Kengashining bugungi yig‘ilishi mamlakatimizning ShHTga raisligidagi eng muhim voqealardan biri hisoblanadi.