Ruslan Mirzayev: MATT Ijroiya qo‘mitasi o‘zgarib borayotgan xavf-xatar va tahdidlar sharoitida rivojlanishda davom etishi juda muhim
Shanxay hamkorlik tashkiloti Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi (ShHT MATT) Ijroiya qo‘mitasi direktori Ruslan Mirzayev ShHTga aʼzo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari Kengashining yig‘ilishida so‘zga chiqib, o‘sib borayotgan xavf-xatar va tahdidlar sharoitida ShHT MATTni rivojlantirishning muhimligini taʼkidladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
– ShHT MATTning dolzarbligini saqlab qolish uchun o‘zgaruvchan xavf-xatar va tahdidlar sharoitida qo‘mita rivojlanishda davom etishi nihoyatda muhim, – dedi Ruslan Mirzayev. – ShHT MATT Ijroiya qo‘mitasini universal markazga aylantirish taklifi juda o‘z vaqtida bildirildi. Biroq, bunday transformatsiya bosqichma-bosqich, mavjud tizimga zarar yetkazmasdan, MATTning asosiy vazifalaridan chalg‘imagan holda amalga oshirilishi kerak.