Rossiya tashqi ishlar vaziri Toshkentga keldi
Kecha tunda Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov tashrif bilan Toshkentga keldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Rossiya TIV rahbarini O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov kutib oldi.
Tashrif dasturiga binoan, Rossiya delegatsiyasi 28-29 iyul kunlari Toshkentda Shanxay hamkorlik tashkilotiga (SHHT) aʼzo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashining yig‘ilishida ishtirok etadi.
Shuningdek, tashrif davomida Rossiya delegatsiyasi qator ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazishi kutilmoqda.