Toshkentda ShHTga aʼzo davlatlar qishloq xo‘jaligi vazirlarining 7-majlisi boshlandi
Bugun Toshkentda O‘zbekiston tomoni raisligida gibrid formatda Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga (ShHT) aʼzo davlatlar qishloq xo‘jaligi vazirlarining yettinchi majlisi boshlandi, deb xabar bermoqda “Dunyo” muxbiri.
Uchrashuvda delegatsiyalar rahbarlari ShHTga aʼzo davlatlar o‘rtasida qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash sohasida muvofiqlashtirilgan va samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish yuzasidan fikr almashadilar.
Tadbir yakunlari bo‘yicha ShHTga aʼzo davlatlar tomonidan qishloq xo‘jaligi sohalarini rivojlantirishga qaratilgan qator muhim hujjatlarning tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda.
Maʼlumot uchun: ShHTga aʼzo davlatlar qishloq xo‘jaligi vazirlarining bundan oldingi majlisi 2021 yil 12 avgust kuni Tojikiston poytaxti - Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tgan edi.