ShHT sammiti 2022-yil 15-16-sentabr

O‘zbekistonning ShHTga raisligi doirasida Toshkentda o‘tkazilgan tadbirlar Qozog‘iston ommaviy axborot vositalari nigohida

Qozog‘istonning “Infozakon” onlayn-nashrida «O‘zbekistonning ShHTga raisligi: samarali hamkorlik, uzoq muddatli maqsad va vazifalar» sarlavhali maqola eʼlon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Unda O‘zbekistonning Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga raisligi doirasida Toshkentda qator tadbirlar bo‘lib o‘tgani maʼlum qilingan. «ShHTga aʼzo davlatlarning o‘simliklar karantini bo‘yicha masʼul idora va vazirliklar rahbarlarining yig‘ilishi, ShHTga aʼzo davlatlar madaniyat vazirlarining yig‘ilishi, ShHTga aʼzo davlatlarning turizm maʼmuriyatlari rahbarlarining yig‘ilishi, Tashkilotga aʼzo mamlakatlar jismoniy tarbiya va sport vazirliklari hamda idoralari rahbarlarining ucharshuvida keng ko‘lamli islohotlar hamda hamkorlikni yana-da rivojlantirishning yangi imkoniyatlari, istiqbollari muhokama qilindi», deb yozadi onlayn-nashr.

“Infozakon” alohida taʼkidlaganidek,  ko‘hna Samarqandda bo‘lib o‘tadigan ShHTga aʼzo davlatlarining navbatdagi 12-sammiti bugungi kunda xalqaro muhitni o‘zgarishini hisobga olgan holda tashkilotga aʼzo davlatlarning tarixiy jihatdan o‘zaro yaqin munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.  «Bugungi kunda joriy yil sentyabr oyida bo‘lib o‘tadigan Samarqand sammiti doirasida  imzolanishi rejalashtirilgan hujjatlar ustidagi ishlar izchillik bilan davom etmoqda.