ShHT Bosh kotibi O‘zbekistonga keldi
Shanxay hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Chjan Min boshchiligidagi delegatsiya bugun O‘zbekistonga tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.
Bo‘lajak uchrashuv va muzokaralar chog‘ida O‘zbekistonning SHHTga raisligi doirasidagi tadbirlarga tayyorgarlik ishlari va ularni o‘tkazish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilinadi.
Bundan tashqari, ShHT Bosh kotibining Toshkentda O‘zbekiston raisligida o‘tkaziladigan tadbirlarda ishtirok etishi rejalashtirilgan.