O‘zbekistonda transport infratuzilmasi orqali giyohvand moddalarni olib o‘tishga urinishlar ko‘paymoqda
Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga (ShHT) aʼzo davlatlarning giyovandlikka qarshi kurashish bo‘yicha vakolatli organlari rahbarlarining 12-majlisida O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Giyohvand moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi direktori Olim Narzullayev mamlakatimiz transport infratuzilmasi orqali giyohvand moddalarni olib o‘tishga urinishlar ko‘payganini maʼlum qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
«Afg‘onistondan Shimoliy yo‘nalish orqali giyohvand moddalar savdosining hajmi oshmoqda. Ayniqsa, mintaqa mamlakatlari bilan faol integratsiya jarayonlari fonida ularning hududlari orqali asosiy giyohvand moddalarning oqimi ortmoqda. Xususan, O‘zbekiston transport infratuzilmasi orqali giyohvand moddalarni olib o‘tishga urinishlar ko‘paygani kuzatilayapti,- dedi Olim Narzullayev. - 2021 yilda, 2020 yilga nisbatan giyohvand moddalar savdosi bilan bog‘liq jinoyatlar 18,4 foizga oshdi. Yaʼni, bunday jinoyatlar o‘tgan yili 7 ming 142 tani tashkil etdi.
Musodara qilingan giyohvand moddalar hajmi 1 ming 864,4 kilogrammga teng bo‘ldi. Bu ko‘rsatgich 2020 yilga nisbatan 20,9 foizga ko‘pdir».