ShHTga a’zo davlatlar atrof-muhitni muhofaza qilish vazirlik va muassasalari ekspertlari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a’zo davlatlar atrof-muhitni muhofaza qilish vazirlik va muassasalari rahbarlarining uchinchi yig‘ilishiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha onlayn ekspertlar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Ma’lumot uchun: ShHTga a’zo davlatlar atrof-muhitni muhofaza qilish vazirlik va muassasalari rahbarlarining uchinchi yig‘ilishi O‘zbekiston Respublikasining ushbu tashkilotdagi raisligi doirasida joriy yilning 27-may kuni Toshkent shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Ushbu onlayn tadbir doirasida tomonlar ShHT ga a’zo davlatlar atrof-muhitni muhofaza qilish vazirlik va muassasalari rahbarlarining uchinchi yig‘ilishi kun tartibi hamda unda ko‘rib chiqiladigan hujjatlarni muhokama qildilar.
ShHTga a’zo davlatlar atrof-muhitni muhofaza qilish vazirlik va muassasalarining navbatdagi ekspertlar yig‘ilishini joriy yil 11-may kuni tashkil etishga kelishildi.