Vladimir Norov: ShHT va Arab davlatlari ligasi, BMTning ixtisoslashgan tuzilmalari – ESKATO va YUNESKO o‘rtasida o‘zaro Anglashuv memorandumlarini imzolash taklifi qo‘llab-quvvatlandi
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov ShHT TIVK yig‘ilishi yakunlariga bag‘ishlangan brifingda Arab davlatlari ligasi, BMTning ixtisoslashgan agentliklari – ESKATO va YUNESKO bilan o‘zaro Anglashuv memorandumlarini imzolash taklifi mavjudligini taʼkidladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
– ShHT kuzatuvchi davlatlari va muloqot bo‘yicha sheriklarni tashkilot doirasidagi amaliy hamkorlikka yana-da kengroq jalb etish zarurligi to‘g‘risida tomonlarning fikrlari bir ovozdan maʼqullandi,- dedi O‘zbekiston TIV rahbari.