Ruslan Mirzayev: Terrorizm – nodavlat subyektlari tomonidan yaratiladigan doimiy tahdiddir
ShHT TIVK yig‘ilishida so‘zga chiqqan ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qo‘mitasi direktorii Ruslan Mirzayev ShHT makonida davlat chegaralari boshqarilishining samarali tizimini shakllantirish zarur ekanligini bayon etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
- Ayni paytda, biron-bir mintaqada terrorchilik faoliyatining yo‘q ekanligini kafolatlangan xavfsizlik belgisi sifatida qabul qilish mumkin emas, - dedi u. - Terrorizm nodavlat subyektlar tomonidan yaratiladigan doimiy tahdiddir. Xalqaro terrorizm yetakchilari mintaqaviy xavfsizlikka tahdid soluvchi muammolarni keltirib chiqaradigan jangari-terrorchilardan “uyqudagi uyalar”ni shakllantirmoqda, “yolg‘iz bo‘rilar” – xudkushlarni tayyorlashmoqda.
Shu bois Afg‘onistondagi vaziyatni hal qilish bo‘yicha jahon hamjamiyati tomonidan ilgari surilgan nuqtai nazarlardan tashqari, qo‘shni davlatlarning vakolatli organlarini jalb etgan holda davlat chegaralari boshqarilishining samarali tizimini shakllantirish imkoniyatini ko‘rib chiqish taklif etilmoqda. Bu chegaralarni himoya qilish standartlari, qurol-yarog‘lar, o‘q-dorilar, giyohvandlik va boshqa qo‘poruvchilik vositalarini olib kirish va olib chiqish, noqonuniy migratsiyani bartaraf etish, belgilangan standartlarga erishishda tomonlarga ko‘mak ko‘rsatishni o‘z ichiga oladi.