ShHT sammiti 2022-yil 15-16-sentabr

O‘zbekiston diplomatlari Moskva shahrida tashkil etilgan brifingda mamlakatimizning ShHTga raisligining asosiy tamoyillari haqida so‘zlab beradi

Bugun O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasida mamlakatimizning Shanxay hamkorlik tashkilotiga (ShHT) raisligi, shuningdek tashkilot Nizomining 20 yilligiga bag‘ishlangan brifing bo‘lib o‘tadi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

O‘zbekiston elchixonasi Telegram-kanalining maʼlum qilishicha, tadbirda tashkilotga aʼzo hamda kuzatuvchi va muloqot bo‘yicha hamkor davlatlarning Moskva shahrida joylashgan diplomatik vakolatxonalari vakillari ishtirok etadi. Rossiya tomonidan Prezidentning SHHT ishlari bo‘yicha maxsus vakili Baxtiyor Hakimov qatnashadi.