ShHT sammiti 2022-yil 15-16-sentabr

Toshkent shahrida ShHT anʼanaviy tibbiyot forumi o‘z ishini boshladi

Bugun Toshkent shahrida O‘zbekistonning Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga raisligi doirasida «ShHT mamlakatlari anʼanaviy (xalq) tabobatining zamonaviy sog‘liqni saqlash tizimlariga integratsiyasi» mavzusidagi ShHT anʼanaviy tibbiyot anjumani o‘z ishini boshladi, deb xabar qilmoqda  “Dunyo” AA muxbiri.

Anjumanda gibrid shaklda ShHTga aʼzo davlatlar sog‘liqni saqlash vazirlari, ilmiy doiralar vakillari, zamonaviy va anʼanaviy (xalq) tabobat, reabilitologiya, farmatsevtika va eksperimental tibbiyot sohasidagi yetakchi mutaxassislar ishtirok etmoqda.

Forumda ishtirokchilar o‘zaro tajriba almashishgani barobarida  anʼanaviy tibbiyot sohasidagi muvaffaqiyatlarni namoyish etaishadi hamda ShHT makonida uni yana-da rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilishadi.

ShHTning anʼanaviy tibbiyot forumi so‘ngi marotaba 2021 yil 28-30 iyul kunlari Xitoyning Nanchan shahrida (Szyansi provinsiyasi) o‘tkazilgan edi.