Toshkentda mintaqadagi giyohvandlik holati muhokama qilinmoqda
Bugun O‘zbekiston tomoni raisligida Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga (SHHT) aʼzo davlatlar vakolatli organlari rahbarlarining giyohvand moddalar savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha 12-majlisi boshlandi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri voqea joyidan.
Uchrashuvda Hindiston narkotiklarni nazorat qilish byurosidan Satya Pradxan, Qozog‘iston ichki ishlar vazirligi xodimi Asqar Muxametkaliyev, Xitoy jamoat xavfsizligi vazirligi vakili Lyan Yun, Qirg‘iziston ichki ishlar vazirligi vakili Nurlan Turusbekov, Pokiston narkotiklarni nazorat qilish vazirligi xodimi Rashid Minxas, Rossiya ichki ishlar vazirligi vakili Kiril Smurov, Tojikiston Prezidenti huzuridagi giyohvand moddalarni nazorat qilish boshqarmasining Ilmiy-texnikaviy hamkorlik masalalari agentligi vakili Rahmonali Rahimzoda, shuningdek, SHHT Bosh kotibi Chjan Min va SHHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qo‘mitasi direktori Ruslan Mirzayev ishtirok etmoqda.
O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Giyohvand moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi direktori Olim Narzullayev tadbirni qutlov nutqi bilan ochdi. «Bugungi kunda giyohvand moddalar savdosiga qarshi kurashish mavzusi mintaqada paydo bo‘layotgan giyohvandlik holati va SHHTga aʼzo davlatlar xavfsizligiga aniq-ravshan tahdid fonida tobora dolzarb bo‘lib bormoqda. 2021 yilda O‘zbekistonda giyohvand moddalar bilan bog‘liq vaziyat afg‘on afyunlari noqonuniy savdosining ko‘payishi, shuningdek, sintetik giyohvandlik vositalarining intensiv tarqalishi bilan tavsiflandi. Asosiy muammolar orasida kuchli giyohvand moddalarni suiisteʼmol qilishni kuchaytirish tendensiyasi mavjud», dedi Olim Narzullayev.