Toshkentda ShHTga aʼzo davlatlar mintaqalari rahbarlarining forumi boshlandi
Bugun ertalab Toshkentda O‘zbekiston tomoni raisligida Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) aʼzo davlatlari hududlari rahbarlarining gibrid formatdagi forumi boshlandi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Forum ishtirokchilariga O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev va ShHT Bosh kotibi Chjan Min qutlovlari bilan murojaat qildilar.
Ikki kun davomida tadbir ishtirokchilari tashkilotga aʼzo mamlakatlar eʼtiborini turizm, madaniyat va qishloq xo‘jaligini yana-da rivojlantirishga jalb etish yuzasidan o‘zaro fikr almashadilar.
Anjuman dasturiga ko‘ra, uchta shoʻba sessiyalari, shuningdek, tashkilot mamlakatlari ishbilarmon doiralarining vakillari bilan biznes-forum o‘tkaziladi.
Taʼkidlash joizki, mintaqa rahbarlari forumi mintaqa davlatlariga mintaqani yana-da rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlarini birgalikda va har tomonlama ko‘rib chiqish imkonini beruvchi muloqot maydonchasi vazifasini o‘taydi.