Vladimir Norov: Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlik – ShHT makonidagi barqaror rivojlanishning strategik sharti
ShHT TIVK yig‘ilishidagi nutqida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov afg‘on muammosiga ham to‘xtadi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
- Afg‘onistonda uzoq kutilgan tinchlik va barqarorlikning o‘rnatilishi ShHT makonida xavfsizlik va barqaror rivojlanishni taʼminlashning strategik sharti bo‘lib qolmoqda, - dedi TIV rahbari. - Yaqinda Toshkentda yuqori martabali delegatsiyalar, jumladan, ShHT davlatlari ishtirokida bo‘lib o‘tgan Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiya anjumanning minbaridan ushbu mamlakatni chuqur inqirozdan olib chiqish bo‘yicha aniq takliflar bildirilgan tarixdagi birinchi forum bo‘ldi,
Konferensiya Afg‘oniston uchun nizodan keyingi strategiyaga muvofiqlashtirilgan yondoshuvlarni ishlab chiqishdan umumiy manfaat mavjudligini namoyon etdi.
Xalqaro hamjamiyat Afg‘onistonning iqtisodiy qayta tiklanishini targ‘ib qilishni birinchi o‘ringa qo‘ygani holda mamlakatning yangi hokimiyatiga qarshi tanqid darajasini pasaytirdi.